JPK · 521-18-modda

521-18-modda. Sud ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyatni (xususiy protestni) koʻrib chiqish

Sudning ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat (xususiy protest) ushbu Kodeksning 521-16-moddasida belgilangan qoidalar boʻyicha koʻrib chiqiladi.

Taftish instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instansiyasi sudlarining ajrimlari ustidan berilgan xususiy shikoyat (xususiy protest) boʻyicha koʻrib chiqish natijalariga koʻra quyidagilarga haqli:

1) birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instansiyasi sudlarining ajrimlarini oʻzgarishsiz, xususiy shikoyatni, xususiy protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;

2) birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instansiyasi sudlarining ajrimlarini bekor qilishga va ishni yangidan sudda koʻrib chiqish uchun yuborishga;

3) birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instansiyasi sudlarining ajrimlarini bekor qilishga va ishni umumiy qoidalar boʻyicha surishtiruv yoki dastlabki tergovni oʻtkazish uchun prokurorga yuborishga;

4) birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instansiyasi sudlarining ajrimlarini bekor qilishga va amnistiya aktini qoʻllashga;

5) birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instansiyasi sudlarining ajrimlarini bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga;

6) birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instansiyasi sudining xususiy ajrimini bekor qilishga;

7) birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instansiyasi sudlarining ajrimlarini oʻzgartirishga.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.