MJK · 185-modda

185-modda. Quroldan belgilangan tartibni buzgan holda foydalanish

Pnevmatik, uloqtirish, signal beruvchi quroldan belgilangan tartibni buzgan holda otish, shuningdek tigʻli sovuq quroldan (ov pichoqlari, ov xanjarchalari va xanjarlardan, rapiralar, shpagalar va qilichlardan) belgilangan tartibni buzgan holda foydalanish —

qurolni va oʻq-dorilarni musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Oʻqotar quroldan belgilangan tartibni buzgan holda otish —

qurolni va oʻq-dorilarni musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.