MJK · 185-3-modda

185-3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida fuqaroviy va xizmat quroli sifatida muomalada boʻlishi taqiqlangan ashyolarning qonunga xilof ravishda muomalada boʻlishi

Tigʻining yoki keskichining (damining) uzunligi toʻqson millimetrdan ortiq boʻlgan, tugmasi yoki pishangi bosilganda sopidan avtomatik ravishda chiqadigan va mahkamlanadigan yoxud ogʻirlik kuchi yoki tezkor harakat hisobiga surilib chiqadigan hamda avtomatik ravishda oʻrnashadigan tigʻli sovuq qurol va pichoqlarning, shuningdek qurol sifatida qoʻllash uchun maxsus moslashtirilgan zarb berib-parchalovchi va uloqtiruvchi taʼsirga ega ashyolarni (gurzilar, kastetlar, surikenlar, bumeranglarni va boshqa ashyolarni) qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, taʼmirlash, realizatsiya qilish, olish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish, ulardan foydalanish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish, —

mazkur ashyolarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.