MJK · 198-modda

198-modda. Hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish

Hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan oʻn ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin takror sodir etganlik —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn ikki baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.