Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan normativ-huquqiy hujjatlarni vazirliklar va idoralarning mansabdor shaxslari tomonidan amalga kiritish, —
bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.