MJK · 219-modda

219-modda. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni yoki tarkibida shunday metall hamda toshlar boʻlgan buyumlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, ulardan foydalanish chogʻida qabul qilib olish, sarflash, hisobga olish, saqlash, ularning parchalari va chiqindilarini toʻplash hamda Davlat fondiga topshirish qoidalarini, shuningdek qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning asillik darajasini aniqlash va ularni tamgʻalash tartibini buzish —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.