MJK · 227-21-modda

227-21-modda. Tovarlar va transport vositalarini belgilangan tartibni buzgan holda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtish

Tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali bojxona nazoratini chetlab, yaʼni bojxona organlari tomonidan belgilangan joylarni chetlab yoki bojxona rasmiylashtiruvining belgilangan vaqtidan tashqari paytda olib oʻtish, —

tovarlar va transport vositalarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarni bojxona nazoratidan yashirish, yaʼni xufyadonlardan yoki tovarlarni topishni qiyinlashtiradigan boshqa usullardan foydalanish yoxud bir tovarni boshqa tovarga oʻxshash qilib qoʻyish, —

tovarlarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Hujjatlardan yoki bojxona identifikatsiyalash vositalaridan aldov yoʻli bilan foydalangan holda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish, bundan ushbu Kodeksning 227-22-moddasida va 227-25-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno, —

tovarlarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.