MJK · 227-24-modda

227-24-modda. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berilgan, shartli ravishda chiqarilgan tovarlar va transport vositalaridan foydalanish hamda ularni tasarruf etish tartibini buzish

Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berilgan, shartli ravishda chiqarilgan tovarlar va transport vositalaridan imtiyozlar berilishiga sabab boʻlganidan boshqa maqsadlarda foydalanish va ularni tasarruf etish, Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.