MJK · 227-25-modda

227-25-modda. Bojxona toʻlovlaridan gʻayriqonuniy ozod qilishga, ularni kamaytirishga, toʻlangan bojxona toʻlovlarini qaytarib olish, toʻlovlar va boshqa haqni olishga yoxud yetarli asoslarsiz ularni qaytarmaslikka qaratilgan xatti-harakatlar

Bojxona deklaratsiyasi va boshqa hujjatlarda bojxona toʻlovlaridan ozod qilish yoki ularning miqdorini kamaytirish uchun asos boʻladigan notoʻgʻri maʼlumotlarni koʻrsatish, ushbu Kodeksning 227-20-moddasi va 227-21-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Toʻlangan bojxona toʻlovlarini qaytarib olish, toʻlovlarni va boshqa haqni olish huquqini beradigan notoʻgʻri maʼlumotlardan iborat hujjatlarni bojxona organiga taqdim etish yoki yetarli asoslarsiz ularni qaytarmaslik yoxud bu toʻlovlarni va boshqa haqni toʻliq boʻlmagan hajmda qaytarganlik, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.