MJK · 247-modda

247-modda. Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar

Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks UCHINCHI BOʻLIM MAʼMURIY HUQUQBUZARLIKLAR TOʻGʻRISIDAGI ISHLARNI KOʻRIB CHIQISHGA VAKOLATI BOʻLGAN ORGANLAR (MANSABDOR SHAXSLAR) XVIII bob. MAʼMURIY HUQUQBUZARLIKLAR TOʻGʻRISIDAGI ISHLARNING TAALLUQLILIGI Rasmiy manba (lex.uz)

Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalari voyaga yetmagan shaxslar sodir etgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi, bundan ushbu Kodeksning 194, 194-1, va 196-1-moddalarida nazarda tutilgan ishlar mustasno. Ushbu Kodeksning 61, 116-1, 116-2, 125, 125-1, 126, 127, 128, 128-1, 128-2, 128-3, 128-4, 128-5, 128-6, 129, 130, 131, 132, 133, 134, 135, 135-1, 136, 137, 138, 183, 185, 185-1, 220, 221-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar faqat oʻziga mazkur huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ish kelib tushgan organ (mansabdor shaxs) uni bolalar masalalari boʻyicha komissiyalarga koʻrib chiqish uchun topshirgan hollardagina ushbu komissiyalar tomonidan koʻrib chiqiladi. Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar voyaga yetmaganlarning ota-onalariga yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslarga taalluqli boʻlgan, ushbu Kodeks 47-moddasining birinchi va oltinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni ham koʻrib chiqadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.