MJK · 248-2-modda

248-2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga ushbu Kodeksning 224-moddasida va 224-1-moddasining birinchi qismida, 225-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari boʻlinmalarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima tarzida maʼmuriy jazo chorasi qoʻllashga haqli.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.