Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishga tayyorlash vaqtida tegishli organ (mansabdor shaxs):
1) mazkur ishni koʻrib chiqish oʻzining vakolat doirasiga kirish kirmasligi;
2) maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma va ishga oid boshqa materiallar toʻgʻri tuzilgan-tuzilmaganligi;
3) ishni koʻrib chiqishda qatnashuvchi shaxslar uni koʻrib chiqish vaqti va joyi haqida xabardor qilingan-qilinmaganligi;
4) zarur qoʻshimcha materiallar soʻrab olingan-olinmaganligi;
5) maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs, jabrlanuvchi, qonuniy vakillar, advokat qilgan iltimoslar toʻgʻrisidagi masalalarni hal etadi.