MJK · 304-modda

304-modda. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish joyi

Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish shu huquqbuzarlik sodir etilgan joyda koʻrib chiqiladi.

Ushbu Kodeksning 113-moddasining beshinchi qismida, 119, 125, 125-1, 126, 127, 128, 128-1, 128-2, 128-3, 128-4, 128-5, 128-6, 129, 130, 131, 132, 133, 134, 135, 135-1, 136, 139, 140-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar transport vositalari roʻyxatga olingan joyda koʻrib chiqilishi ham mumkin.

Ushbu Kodeksning 187-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar shunday huquqbuzarliklar sodir etilgan joyda yoki huquqbuzarning istiqomat joyida koʻrib chiqiladi.

Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni huquqbuzarning istiqomat joyida koʻrib chiqadilar.

Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boshqa joyda koʻrib chiqilishi ham nazarda tutilishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.