Organ (mansabdor shaxs) maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
1) maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisida;
2) ishni yuritishni tugatish toʻgʻrisida.
Ishni yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi qaror ushbu Kodeksning 271-moddasida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda chiqariladi.
Sud tomonidan ishni yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi qaror ogohlantirish eʼlon qilinganda ham chiqariladi.