MJK · 313-modda

313-modda. Maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etish sabablari va ularga olib kelgan shart-sharoitni bartaraf etish toʻgʻrisidagi taqdimnoma

Ishni koʻrib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etish sabablari va ularga olib kelgan shart-sharoitlarni aniqlaganda bu sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf qilish yuzasidan choralar koʻrish toʻgʻrisidagi taqdimnomani tegishli korxona, muassasa, tashkilot rahbariga kiritadi. Rahbar taqdim kelib tushgan kundan boshlab bir oy ichida uni kiritgan organga (mansabdor shaxsga) koʻrilgan choralar haqida maʼlum qilishi shart.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.