MJK · 324-10-modda

324-10-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudining qarori

Apellyatsiya instansiyasi sudining qarorida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

1) qaror chiqargan sudning nomi va tarkibi;

2) sud ishining raqami, qaror chiqarilgan sana va joy;

3) qaror chiqarilgan ish;

4) apellyatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs (familiyasi, ismi, otasining ismi);

5) shikoyat berilgan (protest keltirilgan) sud hujjatlarining mazmuni;

6) sudning apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish natijalari yuzasidan xulosalari hamda sud amal qilgan qonunlarga va boshqa qonunchilik hujjatlariga havolalar.

Apellyatsiya instansiyasi sudining qarori sudya tomonidan imzolanadi.

Apellyatsiya instansiyasi sudining qarori chiqarilgan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.

Apellyatsiya instansiyasi sudining qarori uni chiqargan sudga chiqarilgan kundan eʼtiboran uch sutkadan kechiktirmay ish bilan birga ijro etish uchun yuboriladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.