MJK · 324-13-modda

324-13-modda. Kassatsiya shikoyati berish (protest keltirish) huquqi

Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha oʻziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan organ sud hujjatlari ustidan, agar ish apellyatsiya tartibida koʻrilmagan boʻlsa, apellyatsiya tartibida shikoyat berish muddati oʻtgach, kassatsiya tartibida shikoyat berish huquqiga ega.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, shuningdek ularning oʻrinbosarlari sud hujjatlari ustidan, agar ish apellyatsiya tartibida koʻrilmagan boʻlsa, apellyatsiya tartibida protest keltirish muddati oʻtgach, kassatsiya tartibida protest keltirishga haqli.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan shaxslar kassatsiya shikoyatida (protestida) bayon etilgan vajlarni tasdiqlovchi qoʻshimcha materiallar taqdim etishga haqli.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.