MJK · 324-14-modda

324-14-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) berish tartibi va muddati

Kassatsiya shikoyati (protesti):

1) jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining qarorlari ustidan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar, Toshkent shahar sudlariga;

2) hududiy harbiy sudlarning qarorlari ustidan — Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga berilishi mumkin.

Kassatsiya shikoyatlari (protestlari) qaror chiqargan sud orqali beriladi. Shikoyat (protest) bevosita kassatsiya instansiyasi sudiga berilgan taqdirda, sud ularni qaror chiqargan sudga ushbu Kodeksning 324-1-moddasida bayon etilgan talablarni bajarish uchun yuboradi.

Kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudining qarori chiqarilgan kundan eʼtiboran olti oy ichida berilishi mumkin.

Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan muddat oʻtkazib yuborilgan taqdirda, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyati (protesti) berayotgan shaxsning iltimosnomasiga asosan, agar uni oʻtkazib yuborish sabablarini uzrli deb topsa, oʻtkazilgan muddatni tiklashga haqli boʻlib, bu haqda ajrim chiqariladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.