MK · 251-modda

251-modda. Mehnatga haq toʻlashning tarifsiz tizimi

Mehnatga haq toʻlashning tarifsiz tizimi mehnatga haq toʻlashni differensiyalash usulini ifodalaydi, bunda xodimning mehnatiga haq toʻlash miqdori uning ishining va jamoa ishining oxirgi natijalariga bogʻliq boʻladi hamda ushbu xodim ishining natijadorligi bahosini aks ettiradigan, xodimga berilgan koeffitsiyent asosida belgilanadigan, xodimning butun jamoa tomonidan ishlab topilgan mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasidagi ulushini ifodalaydi.

Xodimning shaxsiy kasbiy yutuqlarini baholash mezonlari va normalari ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishuvga koʻra belgilanadi. Xodimning shaxsiy kasbiy yutuqlarini baholash ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.

Mehnatga haq toʻlashning tarifsiz tizimi qoʻllanilganda mehnatga haq toʻlashning qonunchilik bilan kafolatlangan eng kam miqdoridan kam boʻlgan haq toʻlash darajasini belgilashga yoʻl qoʻyilmaydi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.