MK · 415-modda

415-modda. Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar uchun qisqartirilgan ish vaqti davomiyligi

Ish vaqtining davomiyligi oʻn oltidan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar uchun haftasiga oʻttiz olti soatdan oshmaydigan, oʻn beshdan oʻn olti yoshgacha boʻlgan shaxslar uchun esa haftasiga yigirma toʻrt soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.

Oʻquv yili davomida oʻqishdan boʻsh vaqtida ishlayotgan oʻquvchilarning ish vaqti davomiyligi ushbu moddaning birinchi qismida tegishli yoshdagi shaxslar uchun nazarda tutilgan ish vaqti eng koʻp davomiyligining yarmidan oshishi mumkin emas.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.