MK · 418-modda

418-modda. Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlarga yillik uzaytirilgan mehnat taʼtili berish

Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlarga davomiyligi kamida oʻttiz kalendar kun boʻlgan yillik mehnat taʼtili beriladi va ular bu taʼtildan yilning oʻzlari uchun qulay boʻlgan istalgan vaqtida foydalanishi mumkin.

Agar yillik mehnat taʼtili berilayotgan ish yili xodim oʻn sakkiz yoshga toʻladigan va toʻlib boʻlganidan keyingi davrlarni qamrab olsa, taʼtilning davomiyligi xodim oʻn sakkiz yoshga toʻlguniga qadar va oʻn sakkiz yoshga toʻlganidan keyingi ishlangan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi.

Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlarni yillik mehnat taʼtilidan chaqirib olishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.