Ish tashlashga kasaba uyushmasi qoʻmitasining vakolatli vakili rahbarlik qiladi.
Ish tashlashga rahbarlik qiluvchi:
xodimlar umumiy yigʻilishlarini (konferensiyalarini) chaqirishga;
ish beruvchidan xodimlarning manfaatlariga daxldor masalalar boʻyicha maʼlumot olishga;
ish tashlashni eʼlon qilish va oʻtkazish uchun asos boʻlgan kelishmovchiliklarni hal qilishda xodimlar nomidan ish yuritishga;
kelishib olinishi zarur boʻlgan masalalar boʻyicha fikrlarni tayyorlash uchun mutaxassislarni jalb qilishga;
ish tashlashda ishtirok etayotgan xodimlarning ellik foizidan koʻprogʻining roziligi bilan ish tashlashni toʻxtatib qoʻyishga haqli.
Ish tashlashga rahbarlik qiluvchi:
ish tashlash amalga oshirilayotgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini taʼminlashi;
jamoaviy mehnat nizosini tinch yoʻl bilan hal etish uchun barcha zarur choralarni koʻrishi;
ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qarorda nazarda tutilgan ish tashlash boshlanadigan sana, vaqt va joyga doir talablarga amal qilinishini taʼminlashi;
jamoaviy mehnat nizosi taraflariga, davlat organlari va tashkilotlariga yolgʻon yoki buzib koʻrsatilgan axborot taqdim qilmasligi;
oʻziga berilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqmasligi shart.