MK · 586-modda

586-modda. Ish tashlashning borishi

Mehnat kodeksi 34-bob. Mehnat nizolarini koʻrib chiqish Rasmiy manba (lex.uz)

Ish tashlash paytida jamoaviy mehnat nizosi taraflari nizoni yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari orqali hal qilishda davom etishlari kerak.

Xodim, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi ish tashlash paytida jamoat tartibini, ish beruvchining va xodimlarning mol-mulki xavfsizligini, shuningdek toʻxtatilishi inson hayoti va sogʻligʻiga bevosita xavf tugʻdiradigan uskunalarning ishlashini taʼminlash boʻyicha choralar koʻrishi shart.

Ushbu Kodeks 589-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan xizmatlarda (sohalarda) minimal zarur ishlar (xizmatlar) taʼminlanishi shart.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.