MSK · 106-modda

106-modda. Arizani (shikoyatni) koʻrmasdan qoldirish tartibi

Arizani (shikoyatni) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi.

Sud ajrimida ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻrtasida sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi, davlat bojini budjetdan qaytarish haqidagi masalalar hal qilinishi mumkin.

Ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.

Arizani (shikoyatni) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.