MSK · 108-modda

108-modda. Ish yuritishni tugatish asoslari

Sud quyidagi hollarda ish yuritishni tugatadi, agar:

1) ish maʼmuriy sudga, fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki iqtisodiy sudga taalluqli boʻlmasa;

2) sudning ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud boʻlsa;

3) arizachi boʻlgan yuridik shaxs tugatilgan boʻlsa;

4) ishda taraf hisoblangan fuqaroning vafot etganidan soʻng nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa;

5) arizachi talabidan voz kechgan va sud uni qabul qilgan boʻlsa;

6) davlat roʻyxatidan oʻtishni rad etish yoki bundan boʻyin tovlash toʻgʻrisidagi arizani (shikoyatni) koʻrilayotganda huquq toʻgʻrisida nizo kelib chiqqan boʻlsa;

7) toʻplangan materiallarning yoʻqotilgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash uchun yetarli emasligi;

8) kelishuv bitimi tuzilgan va u sud tomonidan tasdiqlangan boʻlsa.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.