MSK · 126-2-modda

126-2-modda. Kelishuv bitimining shakli va mazmuni

Kelishuv bitimi yozma shaklda tuziladi va uni tuzgan shaxslar tomonidan imzolanadi.

Kelishuv bitimi albatta ijro etilishga oid talablarga javob berishi hamda unda majburiyatlarni bajarishning taraflar tomonidan kelishilgan shartlari, tartibi va muddatlari haqidagi qoidalar, shuningdek sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi shartlar va qonunga zid boʻlmagan boshqa shartlar koʻrsatilishi kerak.

Taraflar tomonidan kelishuv bitimi shartlari boʻyicha qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishi taraflarni bir-biriga yoki boshqa voqealarga (harakatlarga) bogʻliq qilib qoʻyishi mumkin emas.

Kelishuv bitimi sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi masalaga nisbatan ham tuzilishi mumkin.

Agar kelishuv bitimida sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi shart mavjud boʻlmasa, sud bu masalani kelishuv bitimini tasdiqlash chogʻida, ushbu Kodeksda belgilangan umumiy tartibda hal etadi.

Kelishuv bitimi uni tuzgan shaxslar sonidan bitta nusxa ortiq boʻlgan nusxalarda tuziladi va imzolanadi. Ushbu nusxalardan biri ish materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.