MSK · 126-5-modda

126-5-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish

Sud kelishuv bitimini tasdiqlashni quyidagi hollarda rad etadi, agar:

1) uning shartlari qonunchilikka zid boʻlsa;

2) uning shartlari uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlsa;

3) uning shartlari koʻrib chiqilayotgan nizo (ish) predmeti bilan bogʻliq boʻlmasa;

4) javobgarda maʼmuriy ixtiyoriylik (diskretsion vakolat) mavjud boʻlmasa;

5) bitim shart asosida tuzilgan boʻlsa.

Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. Bunda sud muhokamasi umumiy tartibda oʻtkaziladi.

Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.