MSK · 131-modda

131-modda. Arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi masalani hal etish tartibi va muddatlari

Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, sudya arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi, qabul qilishni rad etish, qaytarish yoki sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazish haqidagi masalani ariza (shikoyat) sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay yakka tartibda hal qiladi.

Arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish haqida, qabul qilishni rad etish, qaytarish yoki sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ajrim chiqarilgandan keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi.

Sudga taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha suddan yoki iqtisodiy suddan ariza (shikoyat) yoki ish materiallari kelib tushganda sudya ariza (shikoyat) ushbu Kodeksning 128, 129 va 130-moddalarida koʻrsatilgan talablarga muvofiq emasligini aniqlagach, ariza (shikoyat) sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay arizachini kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi haqida xabardor qiladi va unga buning uchun oʻn kundan oshmaydigan muddat beradi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.