MSK · 132-modda

132-modda. Arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish

Sudya ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablarga rioya etgan holda berilgan arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilishi va ish qoʻzgʻatishi shart.

Sudya ushbu Kodeks 130-moddasi birinchi qismining 1 va 3-bandlarida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan arizani, agar arizaga davlat bojini toʻlashni kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash toʻgʻrisidagi yoki arizachida mavjud boʻlmagan dalillarni talab qilib olish haqidagi iltimosnomalar ilova qilingan hamda bu iltimosnomalar qanoatlantirilgan boʻlsa, ish yuritishga qabul qilishga va ish qoʻzgʻatishga haqli.

Sudyaning ushbu Kodeks 130-moddasi birinchi qismining 1 va 3-bandlarida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan arizani ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqidagi xulosasi arizani ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda asoslantirilgan boʻlishi kerak.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.