MSK · 184-modda

184-modda. Maʼmuriy organlarning va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish tartibi

Maʼmuriy organlarning va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlar sud tomonidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga koʻra, mazkur bobda belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda koʻrib chiqiladi.

Maʼmuriy organlarning va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlar, agar ularni koʻrib chiqish qonun bilan boshqa davlat organlarining vakolatiga kiritilmagan boʻlsa, sudda koʻrib chiqiladi.

Maʼmuriy organlarning va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish fuqarolar yoki yuridik shaxslarning (bundan buyon matnda manfaatdor shaxs deb yuritiladi) arizalari asosida qoʻzgʻatiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.