MSK · 185-modda

185-modda. Maʼmuriy organning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining, ular mansabdor shaxslarining qarori, harakati (harakatsizligi) ustidan ariza (shikoyat) bilan sudga murojaat etish huquqi

Manfaatdor shaxs maʼmuriy organning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining qarorlarini haqiqiy emas, ular mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisida ariza (shikoyat) bilan, agar bu qaror, harakatlar (harakatsizlik) tufayli:

uning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzgan;

uning huquqlari, erkinliklarini amalga oshirishga va qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarishga toʻsiqlar vujudga keltirgan;

uning zimmasiga qonunga xilof ravishda biror-bir majburiyat yuklagan;

uning u yoki bu sohadagi faoliyatni amalga oshirishi uchun boshqa toʻsiqlar vujudga keltirgan deb hisoblasa, sudga murojaat qilishga haqli.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.