MSK · 212-modda

212-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan hal qiluv qarorining ijrosini toʻxtatib turish

Apellyatsiya shikoyati (protesti) uni berish muddati oʻtkazib yuborilgan holda berilgan va ushbu muddatni tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma qanoatlantirilgan taqdirda, apellyatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorining ijrosini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra toʻxtatib turishga haqli.

Hal qiluv qarorining ijrosini toʻxtatib turish yoki uning ijrosini toʻxtatib turishni rad etish haqida apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi.

Hal qiluv qarorining ijrosi apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish natijalari boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar boʻlgan muddatga toʻxtatib turiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.