MSK · 213-modda

213-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish

Agar apellyatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganidan soʻng uning imzolanmaganligi yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi va ism-sharifining bosh harflari koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldiradi.

Apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida sud tomonidan ajrim chiqarilib, uning koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.

Apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.

Apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.