MSK · 247-modda

247-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi, qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti)

Birinchi instansiya sudining apellyatsiya instansiyasida koʻrilmagan ajrimlari, qarorlari ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.

Birinchi instansiya sudining ajrimi, qarori ustidan ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu bobda sudning hal qiluv qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish uchun nazarda tutilgan tartibda kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻriladi.

Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining ajrimi, qarori ustidan berilgan shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish natijalariga koʻra quyidagilarga haqli:

1) ajrimni, qarorni oʻzgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;

2) ajrimni, qarorni toʻliq yoki qisman oʻzgartirishga yoxud bekor qilishga va masalani mazmunan hal qilishga;

3) arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish, arizani (shikoyatni) qaytarish, ish yuritishni toʻxtatib turish, ish yuritishni tugatish, arizani (shikoyatni) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi ajrimni bekor qilishga va arizani (shikoyatni), ishni birinchi instansiya sudiga koʻrib chiqish uchun yuborishga;

4) ajrimni bekor qilishga va arizani (shikoyatni), ishni koʻrib chiqish uchun taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.