MSK · 250-modda

250-modda. Taftish tartibidagi shikoyatlarni (protestlarni) koʻruvchi sudlar

Taftish tartibidagi shikoyat (protest):

ushbu Kodeks 249-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan sud hujjatlari ustidan berilganda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan;

ushbu Kodeks 249-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan sud hujjatlari ustidan berilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan koʻriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, Bosh prokurorining ushbu Kodeks 249-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan sud hujjatlari ustidan kiritilgan protesti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati tomonidan koʻriladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.