MSK · 264-modda

264-modda. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) yuzasidan yozma fikr bildirish

Ishda ishtirok etuvchi shaxs taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) koʻchirma nusxalarini olgach, uning yuzasidan yozma fikrini hamda yozma fikrning koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni yozma fikr taftish tartibidagi shikoyat (protest) koʻrib chiqiladigan kunga qadar yetib borishini taʼminlaydigan muddatda sudga yuborishga haqli.

Taftish tartibidagi shikoyat (protest) yuzasidan yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ishni yuritishga boʻlgan vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.