MSK · 40-modda

40-modda. Taraflar

Arizachi va javobgar maʼmuriy sud ishlarini yuritishdagi taraflardir.

Oʻzlarining huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida talab taqdim etayotgan yoki manfaatlarini koʻzlab talab taqdim etilgan fuqarolar va yuridik shaxslar arizachilardir.

Ariza (shikoyat) talabi qaratilgan maʼmuriy organlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ularning mansabdor shaxslari javobgarlardir.

Taraflar teng protsessual huquqlardan foydalanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.