MSK · 42-modda

42-modda. Ishga daxldor boʻlmagan javobgarni almashtirish

Sud ariza (shikoyat) boʻyicha javob berishi lozim boʻlmagan shaxsga nisbatan talab taqdim etilganini aniqlasa, hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar daxldor boʻlmagan javobgarni arizachi roziligi bilan daxldor boʻlgan javobgar bilan almashtirilishiga yoʻl qoʻyishi mumkin.

Agar arizachi javobgarni boshqa shaxs bilan almashtirishga rozi boʻlmasa, sud arizachining roziligi bilan bu shaxsni ikkinchi javobgar sifatida ishga jalb etishi mumkin.

Ishga daxldor boʻlmagan javobgar almashtirilganligi toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.

Ishga daxldor boʻlmagan javobgar almashtirilganidan soʻng ishni koʻrish boshidan boshlanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.