MSK · 57-modda

57-modda. Tarjimonning huquq va majburiyatlari

Tarjimon: tarjimani aniqlashtirish uchun sud majlisi ishtirokchilariga savollar berish; agar tarjima qilish uchun tegishli bilimga ega boʻlmasa, sud muhokamasida ishtirok etishni rad qilish; sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish; tarjima yozuvlarining yozilishi toʻgʻriligi xususida eʼtirozlar taqdim etish huquqiga ega.

Tarjimon sudning chaqiruvi boʻyicha kelishi; tarjimani aniq, toʻliq va toʻgʻri amalga oshirishi; sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.

Tarjimon bila turib notoʻgʻri tarjima qilganlik, yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgar boʻladi, sud tomonidan bu haqda ogohlantirilib, undan tilxat olinadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.