MSK · 54-modda

54-modda. Mutaxassis

Maslahatlar (tushuntirishlar) berish va ilmiy-texnika vositalarini qoʻllashda yordam koʻrsatish yoʻli bilan dalillarni toʻplash, tekshirish va baholashda koʻmaklashish maqsadida fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan, voyaga yetgan, ish natijasidan manfaatdor boʻlmagan shaxs sud majlisida yoki protsessual harakatlarda ishtirok etish uchun sud tomonidan mutaxassis sifatida jalb qilinishi mumkin.

Mutaxassisni sud majlisida ishtirok etish uchun jalb qilish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.

Sudning mutaxassisni chaqirish haqidagi talabi uning ish beruvchisi uchun majburiydir.

Sud mutaxassisni tarafning iltimosnomasiga koʻra ham jalb etishga haqli. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar maxsus bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan aniq shaxsni mutaxassis sifatida jalb etish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma berishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.