MSK · 87-modda

87-modda. Guvohning koʻrsatuvlari

Ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasi boʻyicha sud guvohni sud majlisida koʻrsatuvlar berish uchun chaqirtirishi mumkin.

Guvohni chaqirish haqida iltimosnoma kirituvchi shaxs ish uchun ahamiyatga molik qaysi holatlarni guvoh tasdiqlashi mumkinligini koʻrsatishi va uning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyini sudga maʼlum qilishi shart.

Guvoh ish boʻyicha oʻziga maʼlum boʻlgan maʼlumotlar va holatlarni sudga ogʻzaki xabar qiladi. Guvoh sudning taklifiga koʻra oʻz koʻrsatuvlarini yozma shaklda bayon qilishi mumkin.

Agar guvoh oʻzi bilgan maʼlumotlarning manbaini koʻrsatib bera olmasa, u xabar qilgan maʼlumotlar dalil hisoblanmaydi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.