MSK · 88-modda

88-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari

Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan oʻzlariga maʼlum holatlar toʻgʻrisidagi tushuntirishlari tekshirilishi va boshqa dalillar bilan birga baholanishi lozim. Ishda ishtirok etuvchi shaxs sudning taklifiga koʻra oʻz tushuntirishlarini yozma shaklda bayon etishi mumkin.

Boshqa shaxs oʻz talablarini yoki eʼtirozlarini asoslayotgan faktlarning ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan tan olinishi sud uchun majburiy emas.

Sud tan olingan faktni, agar unda faktni tan olish ishning holatlariga muvofiq ekanligiga, aldash, zoʻrlik ishlatish, qoʻrqitish, chalgʻitish taʼsirida yoki haqiqatni yashirish maqsadida qilinmaganiga shubha tugʻilmasa, aniqlangan deb hisoblashi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.