MSK · 91-modda

91-modda. Sud topshirigʻini bajarish tartibi

Sud topshirigʻi ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha sud majlisida bajariladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar majlisning vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilinadi. Biroq, ularning sudga kelmaganligi sud majlisini oʻtkazishga toʻsqinlik qilmaydi.

Sud topshirigʻining ijrosi toʻgʻrisida ajrim chiqarilib, u ishni koʻrayotgan sudga darhol barcha materiallar bilan birga yuboriladi.

Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, sud topshirigʻini bajargan sudga tushuntirishlar yoki koʻrsatuvlar bergan guvohlar ishni koʻrayotgan sud majlisida oʻzlari ishtirok etgan taqdirda, umumiy tartibda tushuntirishlar va koʻrsatuvlar beradilar.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.