Quyidagilar dastlabki himoya choralari boʻlishi mumkin:
1) javobgarga muayyan harakatlarni amalga oshirishni taqiqlash;
2) boshqa shaxslarga nizo predmetiga taalluqli boʻlgan muayyan harakatlarni amalga oshirishni taqiqlash;
3) mol-mulkni realizatsiya qilishni toʻxtatib turish;
4) maʼmuriy organning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining nizolashilayotgan hujjati ijrosini toʻliq yoki qisman toʻxtatib turish;
5) javobgarning mol-mulkini yoki pul mablagʻlarini xatlash.
Sud tomonidan bir vaqtning oʻzida bir nechta dastlabki himoya choralari koʻrilishi mumkin.
Dastlabki himoya choralari arz qilingan talabga mos boʻlishi kerak.