MSK · 95-modda

95-modda. Dastlabki himoya choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish

Ariza (shikoyat) bilan birga berilgan dastlabki himoya choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi ariza arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish bilan bir vaqtda, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmasdan sud tomonidan koʻrib chiqiladi.

Dastlabki himoya choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi ariza sud majlisi chogʻida berilgan taqdirda, u shu majlisda koʻrib chiqilishi kerak.

Agar dastlabki himoya choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi ariza ish yuritish jarayonida berilgan boʻlsa, u kelib tushganidan keyingi kundan kechiktirmay koʻrib chiqiladi.

Dastlabki himoya choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqarilib, uning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.

Dastlabki himoya choralarini koʻrish haqidagi yoki dastlabki himoya choralarini koʻrishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Shikoyat berilishi (protest keltirilishi) ajrimning ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.