OK · 120-modda

120-modda. Er va xotinni bir-birlariga taʼminot berish majburiyatidan ozod qilish yoki bu majburiyatni muayyan muddat bilan cheklash

Sud quyidagi hollarda:

agar er-xotin nikohda qisqa vaqt mobaynida boʻlgan boʻlsa;

agar oʻz taʼminoti uchun mablagʻ toʻlanishini talab qilayotgan er yoki xotinning noloyiq xulq-atvori tufayli nikohdan ajratilgan boʻlsa;

agar yordamga muhtoj er yoki xotinning mehnatga layoqatsiz boʻlib qolishi uning spirtli ichimliklarni, giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni suiisteʼmol qilishi yoki qasddan jinoyat sodir etishi oqibatida yuz bergan boʻlsa, er (xotin)ni yordamga muhtoj mehnatga layoqatsiz xotin (er)ga taʼminot berish majburiyatidan ozod qilishi yoxud bu majburiyatni muayyan muddat bilan cheklab qoʻyishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.