Er-xotinning bir-biridan taʼminot olish huquqi ushbu Kodeksning 117 va 118-moddalariga muvofiq taʼminot olish uchun asos boʻlgan shartlar tugagan taqdirda, shuningdek nikohdan ajralgan yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er yoki xotin yangi nikohga kirganda tugaydi. Bunday hollarda, agar taʼminot uchun mablagʻ sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilgan boʻlsa, uni toʻlashi shart boʻlgan er (xotin) bundan buyon aliment toʻlashdan ozod etish haqidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.
Shu kodeksdagi yaqin moddalar
- 118-moddaNikohdan ajralganidan keyin sobiq er (xotin)ning taʼminot olish huquqi
- 119-moddaEr-xotin (sobiq er-xotin)dan sud tartibida undiriladigan aliment miqdori
- 120-moddaEr va xotinni bir-birlariga taʼminot berish majburiyatidan ozod qilish yoki bu majburiyatni muayyan muddat bilan cheklash
- 122-moddaVoyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz shaxslarga taʼminot berish majburiyati
- 123-moddaBobo va buvining oʻz nevaralariga taʼminot berish majburiyati
- 124-moddaNevaralarning bobo va buvilariga taʼminot berish majburiyati
Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?
HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.
AI'dan bepul so'rashMatn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.