OK · 127-modda

127-modda. Oʻgay ota va oʻgay onaning oʻgay oʻgʻil va oʻgay qizlariga taʼminot berish majburiyati

Oʻgay ota va oʻgay onaning tarbiyasida yoki taʼminotida boʻlgan voyaga yetmagan oʻgay oʻgʻil va oʻgay qizlarning ota-onasi yoʻq boʻlsa yoxud oʻz ota-onasidan yetarli mablagʻ ololmayotgan boʻlsa, ularga taʼminot berish majburiyati oʻgay ota va oʻgay ona zimmasiga yuklatilishi mumkin. Voyaga yetgan yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz oʻgay oʻgʻil va oʻgay qizlarning ota-onasi, eri yoki xotini (sobiq eri yoki xotini) va voyaga yetgan mehnatga layoqatli bolalari boʻlmasa yoxud ulardan taʼminot uchun yetarli mablagʻ ololmasa, oʻgay ota va oʻgay onaning zimmasiga ularga nisbatan ham shunday majburiyat yuklatilishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.