OK · 128-modda

128-modda. Oʻgay oʻgʻil va oʻgay qizlarning oʻgay ota va oʻgay onaga taʼminot berish majburiyati

Mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj oʻgay ota va oʻgay onaning ota-onasi, eri yoki xotini (sobiq eri yoki xotini) yoki voyaga yetgan mehnatga layoqatli bolalari boʻlmasa yoxud ulardan taʼminot uchun mablagʻ ololmasa, ularga taʼminot berish majburiyati oʻgay oʻgʻil va oʻgay qizlar zimmasiga yuklatilishi mumkin.

Agar oʻgay oʻgʻil va oʻgay qizni oʻgay ota va oʻgay ona besh yildan kam vaqt davomida tarbiyalagan va taʼminot bergan boʻlsa, shuningdek ular oʻz majburiyatlarini lozim darajada bajarmagan boʻlsa, sud oʻgay oʻgʻil va oʻgay qizni oʻgay otasi va oʻgay onasiga taʼminot berish majburiyatidan ozod qilishga haqli.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.