OK · 146-modda

146-modda. Aliment miqdorini oʻzgartirish yoki aliment toʻlashdan ozod qilish

Oila kodeksi 18-bob. Alimentlarni toʻlash va undirish tartibi Rasmiy manba (lex.uz)

Aliment miqdori sud tartibida belgilanganidan keyin taraflardan birining moddiy yoki oilaviy ahvoli oʻzgarsa, sud ulardan har birining talabiga koʻra alimentning belgilangan miqdorini oʻzgartirishga yoki aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxsni aliment toʻlashdan ozod qilishga haqli. Aliment miqdorini oʻzgartirishda yoki uni toʻlashdan ozod qilishda sud taraflarning eʼtiborga loyiq boshqa manfaatlarini hisobga olishga haqli.

Davlat yoki nodavlat muassasalarining toʻliq taʼminotida boʻlgan voyaga yetmagan bolaga aliment toʻlashi shart boʻlgan otani yoki onani aliment toʻlashdan ozod qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.